» » Grozniyda 22 yil avval Budyonnovskda tinch aholini garovga olish ishtirokchisi ushlandi

Grozniyda 22 yil avval Budyonnovskda tinch aholini garovga olish ishtirokchisi ushlandi


Checheniston poytaxtida 1995-yili Budyonnovskda tinch aholini garovga olish ishtirokchisi ushlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. 

Mazkur shaxsning ismi-sharifi, qo‘lga olingan aniq sana va 22 yil avval sodir bo‘lgan teraktda qanday rol o‘ynagani ma’lum qilinmadi. 

“Kavkazskiy uzel” nashri manbalariga ko‘ra, erkak Shamil Basayev boshchiligidagi chechen jangarilari otryadi a’zosi bo‘lgan. U hibsga olish chog‘ida qarshilik ko‘rsatmadi va aybiga iqrorligini bildirib, tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

Ma’lumot uchun, 1995-yil 14-iyunda Shamil Basayev boshchiligidagi jangarilar guruhi Budyonnovskka hujum qilgan va 1,5 ming kishini garovga olgandi. Hujum chog‘i 129 kishi o‘ldirilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-07-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют