» » Nigeriyada qaroqchilar rossiyalik va ukrainalik 8 nafar dengizchini garovga oldi

Nigeriyada qaroqchilar rossiyalik va ukrainalik 8 nafar dengizchini garovga oldi


Qaroqchilar Nigeriya hududiy suvlarida rossiyalik va ukrainalik dengizchilarni garovga oldi. Bu haqda Rossiyaning mazkur mamlakatdagi elchixonasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Nigeriya hududiy suvlarida BBC Caribbean kemasiga qaroqchilik hujumi uyushtirildi. Kema bortidan Rossiyaning yetti va Ukrainaning bir fuqarosi o‘g‘irlab ketildi. Rossiya elchixonasi Nigeriya rasmiylariga garovga olinganlar tutib turilgan manzilni aniqlashda yordam so‘rab murojaat etdi”, — deyiladi Rossiya diplomatik vakolatxonasining Twitter’dagi sahifasida.

“Meritaym gerald” nashriga ko‘ra, BBC Caribbean yuk kemasiga hujum Gvineya bo‘g‘ozida, Niger daryosi deltasidagi neft terminali yaqinida sodir bo‘ldi. Qurollangan va motor qayiqda bo‘lgan qaroqchilar kemaga qarata o‘q uzdi, kema qo‘riqchilari esa javob o‘tini ochgandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют