» » O‘zbekistonlik kinoijodkorlar xalqaro hamkorlikda ishlagan filmlar MDH kinoprokat tizimida namoyish etiladi

O‘zbekistonlik kinoijodkorlar xalqaro hamkorlikda ishlagan filmlar MDH kinoprokat tizimida namoyish etiladi


Endilikda o‘zbek kinoijodkorlari xalqaro hamkorlikda ishlab chiqilgan loyihalar asnosida filmlar suratga olib, ularni MDH davlatlarining kinoprokat tizimida namoyish etadi. Bu haqda “Daryo”ga Kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati xabar berdi.

22–28-iyul kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostonada Kann, Berlin, Venetsiya kabi “A” toifasidagi nufuzli kmnofestivallar qatori Prodyuserlik uyushmalari xalqaro federatsiyasi (FIAPF) tomonidan akkreditatsiya qilingan Markaziy Osiyodagi yirik kinoforum — “Yevrosiyo” XIII xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi.

“Yevrosiyo” tarixida birinchi marta o‘tkazilayotgan Eurasia Film Market kinobozorida MDH, Sharq (Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya) va G‘arb (Yevropa davlatlari, AQSh) mamlakatlaridan filmlar xaridorlari, distribyutorlar, sotuv ishlari bo‘yicha agentlar va filmlar huquq egalari qatnashib, ular ishtirokida kinoloyihalar pitchingi, davra suhbatlari, matbuot anjumanlari, mahorat darslari va boshqa tadbirlar tashkil etildi.

Xalqaro kinofestivalda Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Oybek Abdushukurov ham ishtirok etdi hamda Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan xorijiy kinokompaniyalar vakillari, distribyutorlar, agentlar va filmlar huquq egalari bilan o‘zaro manfaatli muzokaralar olib bordi.

Jumladan, O‘zbekiston kinosanoati vakili sifatida Oybek Abdushukurov Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston va boshqa bir qator davlatlar kinematografiyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Mazkur tadbirda tomonlar kinematografiya sohasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, qo‘shma loyihalar asosida filmlar suratga olish, o‘zaro madaniy-do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, xususan, yagona prokat hududini tashkil etish kabi masalalarda kelishib oldi.

Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan kelishuvda ishtirok etgan kinematografiya sohasi vakillarining yaqin kunlarda O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrifdan asosiy maqsad esa kinofestival doirasidagi kelishuvlarni amalga oshirish, aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-07-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют