» » Xitoyning Los-Anjelesdagi bosh konsulligi noma’lum shaxs tomonidan o‘qqa tutildi

Xitoyning Los-Anjelesdagi bosh konsulligi noma’lum shaxs tomonidan o‘qqa tutildi


Xitoyning Los-Anjelesdagi bosh konsulligi AQSh rasmiylaridan diplomatik vakolatxona va uning xodimlari xavfsizligini ta’minlash hamda bu yerga uyushtirilgan hujum tafsilotlarini tekshirishni talab qildi. Bu haqda konsullik saytida joylashtirilgan bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

1-avgust, seshanba kuni noma’lum erkak Xitoyning Los-Anjelesdagi bosh konsulligi yaqiniga kelib, avtomobildan chiqmagan holda binoga qarata o‘q uzdi. Shundan so‘ng joniga qasd qildi. Hodisa tufayli konsullik xodimlari yoki o‘tkinchilardan hech kim jabrlanmadi.

Politsiyaga ko‘ra, hujum qilgan shaxs 60 yosh atrofida bo‘lgan. U 18 marotaba o‘q uzgan: binoning darvozalari, eshiklari va devorlarida o‘q izlari qoldi.

Erkak Xitoy fuqarosi ekanligi bildirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют