» » O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga uning eski binosi qaytarib beriladi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga uning eski binosi qaytarib beriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi sahifasida axborot berilgan.

Tadbirda taniqli madaniyat namoyandalari, shoir va adiblar, teatr, kino, musiqa san’ati sohasining atoqli hamda yosh vakillari, san’atshunos olimlar, jurnalistlar ishtirok etgan.

Xabar berishlaricha, 2002-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining bugungi faoliyati, jumladan, qabul kvotalari, o‘quv dasturlari va qo‘llanmalari, professor-o‘qituvchilarning ilmiy va ijodiy salohiyati, moddiy-texnik bazasi, yotoqxonalarning ahvoli talabga javob bermay qolgan.

“Bugungi kunda bu yerda 700 nafar o‘rniga 1352 nafar talaba tahsil olmoqda va bu ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti”, — deyiladi Prezident sahifasida e’lon qilingan axborotda.

Shu sababli O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, shu jumladan, eski konservatoriya binosini qaytarib berish bo‘yicha Prezident qarori tayyorlanmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-08-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют