» » O‘zbekistonda davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqariladigan badiiy filmlar soni 2020-yilda yiliga 30 taga yetkaziladi

O‘zbekistonda davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqariladigan badiiy filmlar soni 2020-yilda yiliga 30 taga yetkaziladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirilgan.

Uchrashuvda “O‘zbekfilm”, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyalarini ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, eng zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashni ko‘zda tutadigan Prezident qarori tayyorlanayotgani e’lon qilindi.

Bu hujjatga ko‘ra, “O‘zbekkino” milliy agentligi uchun davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqariladigan badiiy filmlar sonini 2018-yilda 20 ta, 2020-yilda 30 taga, multiplikatsion filmlar sonini esa 2018-yilda 15 ta, 2022-yildan boshlab 50 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.

“Bundan tashqari, Agentlik huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi tuziladi”, — deyiladi Prezident sahifasida e’lon qilingan axborotda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют