» » Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prikda Nexia halokatga uchradi (foto)

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prikda Nexia halokatga uchradi (foto)


Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘prikda Nexia avtomobili halokatga uchradi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” (Drivers.uz) guruhi a’zolari xabar berdi.

Suratlarda oq Nexia’ning old chap qismi kuchli pachoq bo‘lganini ko‘rish mumkin. Postga izohlardan ma’lum bo‘lishicha, mashina katta tezlikda harakatlanayotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan. Avtomobil aynan haydovchi o‘tirgan tomoni bilan to‘siqqa urilishi natijasida, haydovchi mashina ichida tiqilib qolgan. “Uni tashqariga chiqarib olishga harakat qilishayotgan edi”, — deb yozadi voqea guvohlaridan biri.

Yana bir foydalanuvchi qayd etishicha, haydovchi mast holatda bo‘lgan, YTHdan keyin uni kasalxonaga olib ketishgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют