» » “O‘zbekneftgaz”ning yosh mutaxassislari forumi o‘z nihoyasiga yetdi

“O‘zbekneftgaz”ning yosh mutaxassislari forumi o‘z nihoyasiga yetdi


O‘zbekneftgaz” milliy holding kompaniyasining tarmoq korxonalarida faoliyat olib boruvchi xodimlar uchun tashkil qilingan “Yosh mutaxassislar” Forumi o‘z ishini yakunladi.

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasiga qarashli “Lochin” oromgohida bo‘lib o‘tgan forumda mamlakatdagi neft va gaz sohasida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar o‘zaro tajriba va fikr almashish, yangi g‘oya va tashabbuslar ustida ishlash imkoniga ega bo‘ldi.

Forum doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda ishtirokchilar 10 ta guruhga bo‘lingan holda Harakatlar strategiyasi, yosh mutaxassislarning ijtimoiy faolligi, xalqaro va milliy mehnat standartlari, yosh mutaxassislar faoliyatida kasaba uyushmalarining o‘rni kabi mavzular atrofidagi bahs-munozaralar va muhokamalarda, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Shuningdek, yosh mutaxassislar uch avlod uchrashuvida ishtirok etdi. Uchrashuvda sohada uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar va akademiklar yoshlar bilan muloqot qilib, ularning tashabbuslari va loyihalari bilan tanishdi hamda bu tashabbuslarni rivojlantirish uchun yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatdi.

Tarmoq korxonalari xodimlari tomonidan o‘z korxonalari haqida qilingan taqdimotlarda oldinga surilayotgan tashabbuslar va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘z bordi.

Shu bilan birga, guruhlar o‘rtasida sport musobaqalari va “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Forumning yopilish marosimida faol ishtirokchilar, sport va intellektual musobaqalarda g‘olib bo‘lgan guruhlar taqdirlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют