» » Azamat Abduraimov Jahon termasi safida Rossiya darvozasiga ham gol urdi. Biroq chempion bo‘la olmadi

Azamat Abduraimov Jahon termasi safida Rossiya darvozasiga ham gol urdi. Biroq chempion bo‘la olmadi


Qozog‘istonning Astana shahri mezbonlik qilgan EXPO—2017 futbol turniri o‘z yakuniga yetdi.

Unda olti jamoa g‘oliblik uchun kurash olib borayotgani haqida aytilgan bo‘lib, o‘zbekistonlik Azamat Abduraimov Jahon termasi safiga jalb qilingandi.

Kecha — 6-avgust kuni musobaqaning final o‘yinida Jahon termasi Rossiya yulduzlariga qarshi maydonga tushdi va 4:7 hisobida imkoniyatni boy berdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Unda o‘ynagan Azamat Abduraimov 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Avvalroq u guruh bosqichida Germaniya va Qozog‘iston termalari postini ham ishg‘ol qilgandi.

Shu tariqa Roman Shirokov, Yevgeniy Aldonin, Viktor Bulatov, Dmitriy Sennikov kabi mashhur futbolchilari bor bo‘lgan Rossiya termasi EXPO—2017 g‘olibiga aylandi. Vensan Kandela, Ernan Krespo, Azamat Abduraimov, Xristo Stoichkov, Yari Litmanen, Muhsin Muhamadiyev, Jan-Pyer Papen, Aldair kabi futbolchilar to‘p surgan Jahon termasi vitse-chempion nomiga sazovor bo‘ldi.

Turnirning uchinchi jamoasi bo‘lish Portugaliyaga nasib qildi, Qozog‘iston 4, Italiya 5, Germaniya termasi esa 6-o‘rin bilan kifoyalandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-08-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют