» » O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun “Haj—2017” mavsumi boshlandi

O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun “Haj—2017” mavsumi boshlandi


“Haj—2017” mavsumi doirasida bugun, 7-avgust kuni O‘zbekistonning 459 nafar ziyoratchidan iborat dastlabki guruhlari ikkita reysda (2 delegatsiya, 9 ishchi guruhi, 6 nafar oshpaz, 2 nafar shifokor) “Toshkent — Madina” yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga kuzatildi, deb xabar berdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.

Joriy yilning 7—23-avgust kunlari o‘zbekistonlik 7350 nafar ziyoratchini “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining “Toshkent — Madina”, “Buxoro — Madina”, “Samarqand — Madina”, “Qarshi — Madina”, “Namangan — Madina” hamda “Urganch — Madina” yo‘nalishlarida Haj safariga kuzatish tashkil etiladi.

Hojilar uchun mehmonxona, tibbiy markaz, oshxona va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida 10 nafar ishchi guruhi a’zolari Saudiya Arabistoniga safarbar etilgan.

Kuzatish va kutib olish tadbirlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Ziyoratchilarga safar oldidan O‘zbekiston ramzlari aks ettirilgan maxsus kiyim (kamzul) va sumkalar, “Hajnoma” kitobchasi va videotasmalar taqdim etildi.

Barcha ziyoratchilar markazlashgan tibbiy punktlarida minengit va grippga qarshi zardob bilan emlangan. Saudiya Arabistonida havo haroratining yuqori darajada bo‘lishi kuzatilayotganligini inobatga olib, shifokorlar guruhi tomonidan ziyoratchilarning salomatligini saqlash maqsadida eslatma va tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ziyoratchilar guruhlarga bo‘linib, tasdiqlangan reys jadvali asosida ularning uchish vaqtlari belgilandi hamda guruh rahbarlari va shifokorlar ishtirokida safaroldi uchrashuvlar tashkil etildi.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Madina shahrida “Masjid an-Nabaviy”dan 100—150 metr uzoqlikda joylashgan “Javharat ar-Roshid”, Makka shahrida esa Haramdan 5000 metr uzoqlikdagi to‘rt yulduzli “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi tayyorlab qo‘yilgan. Har bir xona muzlatkich, televizor hamda konditsionerlar bilan jihozlangan. 24 soat davomida zamonaviy avtobuslarda ziyoratchilarni Makka shahridagi Haram masjidiga tashish yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekistonlik hojilar Madina shahrida 3 kecha 4 kunduz bo‘lib, bu yerdagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilganlaridan so‘ng, Makka shahriga yo‘l oladi. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 35 nafardan iborat ishchi guruhi, 140 nafar guruh rahbari, 35 nafar shifokor va 15 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatadi.

Joriy yilning 8—24-sentabr kunlari o‘zbekistonlik hojilarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotlarida Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Namangan hamda Urganchga olib kelish rejalashtirilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют