» » Al Jazeera telekanali yopilgan byurosi sabab Isroilni sudga bermoqchi

Al Jazeera telekanali yopilgan byurosi sabab Isroilni sudga bermoqchi


Qatarning Al Jazeera telekanali rahbariyati Isroil hukumatining kanalni mahalliy byurosini yopish to‘g‘risidagi qarorini “nodemokratik” deya atab, tanqid qildi. Bu haqda AP agentligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda telekanal Isroil hukumati bilan sud ishini olib borish niyatida.

Avvalroq, Isroil kommunikatsiya vazirligi Al Jazeera jurnalistlarini akkreditatsiya chaqiruvini e’lon qilgandi, bu esa ularni mamlakat hududida ishlash imkoniyatiga chek qo‘yadi.

Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr iyun oyining boshida Qatar bilan diplomatik aloqlarini uzgan va uni terrorizmni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zlarining ichki ishlariga aralashishda ayblagan edi. Keyinchalik bu qarorga boshqa davlatlar ham kelib qo‘shildi.

Qatarga qo‘yilgan ultimatumda mamlakat Eron bilan diplomatik va harbiy aloqalari darajasini pasaytirishi, terrorchilik guruhlariga moliyaviy jihatdan yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi, arab davlatlarining ichki ishlariga aralashishni to‘xtatishlari, Al Jazeera telekanalini yopishi kerakligi talab qilingan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют