» » Falastinliklar och terrorchilardan foydalanib ishlangan reklama sabab Pizza Hut’ni boykot qilishga chaqirdi

Falastinliklar och terrorchilardan foydalanib ishlangan reklama sabab Pizza Hut’ni boykot qilishga chaqirdi


Falastin hududida istiqomat qiluvchilar Pizza Hut’ning Isroil bo‘limini “Fath” va “Hamas” terrorchilari ochligi ustidan kulish orqali pul ishlab olish harakatida aybladi. Ba’zi fuqarolar Yaqin Sharq mamlakatlarida tan olingan xalqaro pitssa tarmog‘iga nisbatan boykot e’lon qilishga chaqirdi. Bu haqda Al Jazeera’ga tayanib, TJournal xabar berdi.

9-may kuni Pizza Hut’ning Isroildagi bo‘limi Facebook’ka beshta qotillikda va bir necha o‘nlab teraktlarni rejalashtirishda ayblangan jangarilar yetakchisi Marvan Bargutining suratini joylashtirdi. Isroil qamoqxonalari boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Barguti ikki marta ochlikni pechenye va shokolad batonchiklari yordamida buzgan.

Pitssa tarmog‘i vakillari Isroil hukumati tomidan e’lon qilingan videodagi kadrdan foydalangan. Ular suratga Bargutiga Pizza Hut mahsulotiga o‘tishni taklif qilayotgan pitssaning bo‘lagi, firmaning jigarrang qutisi va shiori tasvirini qo‘shib qo‘ygan.

Falastinliklar Pizza Hut’ni och mahbuslar va irqchilik orqali pul ishlab olish harakatida ayblab, pitssariyaning transmilliy tarmog‘iga baykot e’lon qilishga chaqirdi.

Twitter foydalanuvchilarining shikoyatini Pizza Hut’ni “Isroil istilosi”ga aloqasi borlikda ayblagan “Boykot, begonalashtirish va sanksiya” xalqaro antiisroil harakati qo‘llab-quvvatladi.

Oqibatda Pizza Hut sahifasi muharrirlari rasmni o‘chirib, o‘quvchilardan kechirim so‘radi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют