» » Eriyotgan Alp muzliklarida ancha oldin yo‘qolgan odamlarning jasadlari topila boshladi

Eriyotgan Alp muzliklarida ancha oldin yo‘qolgan odamlarning jasadlari topila boshladi


Shu yil yozda Yevropaga yopirilgan anomal isish tufayli, Alp muzliklari shiddat bilan eriy boshladi, deb yozadi “Vesti.ru”.

Qachonlardir qalin bo‘lgan qor va muz qatlami ostidan tog‘larda o‘nlab yillar ilgari yo‘qolib qolgan odamlarning jasadlari ko‘rinib qola boshladi. Bunday “topilma”larning eng qadimiysi 1940-yillarga tegishli.

Iyul oyida Shveysariyaning Alp tog‘laridagi muzlikda 75 yil avval g‘oyib bo‘lgan er-xotinning jasadlari topilgan edi. avgust boshida esa 1987-yilgi tog‘ safari chog‘ida guruhdan ajralib qolgan germaniyalikning tanasini topishdi. Shuningdek, Monblan muzligi hududida 50 yil avval Air India samolyoti halokatida qurbon bo‘lgan erkakning jasadini aniqlashdi.

Qutqaruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, 1925-yildan buyon Alp tog‘larida 300 dan ortiq kishi yo‘qolib qolgan, shularning yarmiga yaqini Monblanda g‘oyib bo‘lgan. O‘tgan yil davomida Alp muzliklari 900 milliard litrdan ortiq suv yo‘qotdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют