» » Gamper Kubogi. “Barselona” Superkubok oldidan “Shapekoense” darvozasiga 5 ta gol urdi

Gamper Kubogi. “Barselona” Superkubok oldidan “Shapekoense” darvozasiga 5 ta gol urdi


Ispaniya Superkubogining “Real”ga qarshi ikki o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotgan Kataloniyaning “Barselona” klubi Gamper Kubogida zafar quchdi.

2016-yilning 28-noyabr kuni Braziliyaning “Shapekense” klubi Kolumbiyaga parvozi chog‘ida halokatga uchrab, uning bir qator futbolchilari olamdan o‘tgandi. O‘shandayoq “Barselona” har yili o‘tkaziladigan Gamper Kubogining 2017-yildagisiga “Shapekoense”ni taklif qilishga qaror qilgandi.

Va’daga muvofiq “Kamp Nou” arenasiga Braziliya jamoasi olib kelindi. O‘zaro o‘yinda ispan grandi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida zafar quchdi.

Gamper Kubogi
“Kamp Nou”, Barselona
7-avgust, dushanba

Gollar: Herard Deulofeu, 6 (1:0). Serxio Buskets, 11 (2:0). Lionel Messi, 28 (3:0). Luis Suares, 54 (4:0). Denis Suares, 74 (5:0).

1877-yilning 22-noyabr kuni Shveysariyaning Vintertur shahrida tug‘ilgan sportchi Joan Gamper “Barselona” klubi asoschisi hisoblanadi. U shu klubda to‘p surdi, jamoa prezidentiga aylandi. 1966-yildan buyon Kataloniya klubi o‘zining asosichisi Joan Gamper sharafiga musobaqa tashkil qiladi. 1966—1996-yilgacha ushbu musobaqa 4 jamoa ishtirok etardi, deb yozdi “Championat.asia”. 1997-yildan unda faqatgina 2 klub qatnashishi belgilab qo‘yildi.

Hozirgacha Gamper Kubogida “Barselona” 39 marta zafar quchgan. Germaniyaning “Kyoln” klubi ushbu turnirni 2 marta yutdi. “Uypesht”, “Borussiya Myonxengladbax”, “Internasyonal”, “Portu”, “Mexelen”, “Tenerife”, “Valensiya”, “Yuventus”, “Manchester Siti” va “Sampdoriya” Gamer Kubogida bir martadan g‘olib chiqqan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют