» » Amerikada 11 yoshli bolakay yangi maktabiga 50 nafar bayker hamrohligida keldi (video)

Amerikada 11 yoshli bolakay yangi maktabiga 50 nafar bayker hamrohligida keldi (video)


Amerikaning Indiana shtatida 11 yoshli maktab o‘quvchisi yangi maktabga 50 nafar bayker hamrohligida kirib keldi. Bolakay bundan oldingi o‘quv maskanida doimiy tahqirlanishlar ostida bo‘lgan. Fil Mik shu qadar azob chekkanidan o‘zini o‘ldirmoqchi ham bo‘lgan. Yaxshi hamki, endi uning kuchli do‘stlari bor. Bu haqda Metro narshiga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.

Fil Mikning onasi o‘g‘lini miyasida aylanoyatgan yomon fikrlardan xabar topib, mahalliy United Motorcycle Enthusiasts baykerlar klubiga murojaat qilgan. Uyushma rahbari ayol bilan uchrashgan va uning o‘g‘liga yordam berishni va’da qilgan.

Bir necha kundan keyin Mik birinchi bor maktabga bordi. Unga 50 nafar mototsikl mingan erkak hamrohlik qilgan. Klub rahbari Brent Varfild bu kabi vaziyatlarda doim yordamga kelishga tayyor ekanligini bildirgan.

“Biz bu yerga yoshlarimiz uchun keldik. Bolalar ular yolg‘iz emasliklarini tushunishlari kerak”, — dedi Varfild.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют