» » Yevropa Ittifoqining eng boy va eng kambag‘al davlatlaridagi minimal maoshlar 9 barobar farq qilishi aniqlandi

Yevropa Ittifoqining eng boy va eng kambag‘al davlatlaridagi minimal maoshlar 9 barobar farq qilishi aniqlandi


Yevropa Ittifoqining eng boy mamlakati — Lyuksemburgdagi eng kam oylik ish haqi ittifoqning eng kambag‘al mamlakati — Bolgariyadagidan to‘qqiz barobar farqlanadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining statistika agentligi — Yevrostat ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Aytilishicha, Lyuksemburgdagi eng kam oylik ish haqi 1999 yevroni, Bolgariyada esa 235 yevroni tashkil qiladi.

Eng yuqori minimal maosh bo‘yicha kuchli beshlikka, Lyuksemburgdan tashqari, Irlandiya (1563 yevro), Niderlandiya (1552 yevro), Belgiya (1532 yevro) va Germaniya (1498 yevro) kirdi.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Ruminiyada (275 yevro), Latviyada (380 yevro), Litvada (380 yevro) va Chexiya (407 yevro) qayd qilindi.

Bundan tashqari, Yevroittifoqning 28 davlatidan oltitasida “minimal ish haqi” tushunchasi yo‘q. Bular —Daniya, Shvetsiya, Italiya, Kipr, Slovakiya va Xorvatiya.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 00:12)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют