» » Toshkentda chiqindi qutilari yetishmasligiga barham beriladi

Toshkentda chiqindi qutilari yetishmasligiga barham beriladi


Toshkent hokimiyati joriy yil oxiriga qadar chiqindi uchun qutilar yetishmasligi muammosini hal etishga qaror qildi. Bu haqda 8-avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Saidumar Aglayev ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Uning ta’kidlashicha, shaharda chiqindi qutilari yetishmasligi kuzatilmoqda, biroq vaziyat ko‘pchilik fuqarolar o‘ylaganchalik juda ayanchli ahvolda emas.

“Me’yorga ko‘ra 15 ming dona chiqindi quti o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, ayni paytda esa shaharda ular soni 12 mingtani tashkil etadi. Va bu xususiy tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan chiqindi qutilarlar hisobga olinmagandagi vaziyat. Yetishmayotgan 3000 ta chiqindi qutini o‘rnatish uchun hokimiyat 200 milliom so‘m ajratdi”, — dedi Saidumar Aglayev.

Shu bilan birgalik, u yuqorida aytib o‘tilgan me’yor sobiq ittifoq davrida qabul qilingani, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hozirgi vaqtda chiqindi qutilarni o‘rnatish bo‘yicha yangi normativlarni ishlab chiqayotganini ma’lum qildi.

“Ko‘chalar gavjumligiga qarab chiqindi qutilar har 50, 10 yoki 200 metrga o‘rnatiladi”, — deya aniqlik kiritdi boshqarma rahbariyati vakili.

Yaqindagina Amir Temur shoh ko‘chasida yangi namunadagi chiqindi qutilarini o‘rnatish ishlari yakuniga yetdi. Ular metalldan tayyorlangan bo‘lib, yerga boltlar yordamida qotirilgan.

“Konteyner.uz” brendi ostida chiqindi qutilar ishlab chiqarayotgan kompaniyaning “Gazeta.uz” muxbiriga ma’lum qilishicha, birinchi bosqichda sinov tariqasida hokimiyat buyurtma bergan 366 ta qutining 300 tasi o‘rnatib chiqilgan.

Yana bir boshqa tashkilot esa 300 ta beton chiqindi qutilarni taqdim etdi. Sinov muddati yakuniga yetganidan so‘ng bunday chiqindi qutilarning kelgusida ham o‘rnatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Matbuot anjumanida yangi tipdagi avtobus bekatlarini qurish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi. Obodonlashtirish boshqarmasi yo‘l-ko‘prik xo‘jaligi bo‘lim boshlig‘i Mohirjon Turopovning xabar berishicha, shaharda 350 ta bekat yetishmaydi.

“Yaqin kunlarda 10 ta oynavand bekatni sotib olish uchun mablag‘ ajratildi. Shuningdek xususiy tadbirkorlar takliflari ham bor, hozirda ular komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmoqda”, — dedi Mohirjon Turopov.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-08-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют