» » Hududlarni rivojlantirish yangi prinsiplar asosida amalga oshiriladi

Hududlarni rivojlantirish yangi prinsiplar asosida amalga oshiriladi


8-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni Prezident rasmiy saytida keltirildi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, “davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini tashkil etish va faoliyatini baholashning amaldagi tizimi oldimizga qo‘yilgan vazifalarni samarali hal qilishga imkon bermayapti”.

2017–2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni so‘zsiz amalga oshirish, ishni tashkil etish, birinchi navbatda, jamoatchilik oldida hisobot berish shakllari va uslublarini tubdan takomillashtirish, aholining hayot sifati va darajasini yuksaltirish, davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatsizligi holatlarining yuzaga kelishiga qat’iy ravishda barham berish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining joylarda ishlarni tashkil etishning quyidagilarni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi tizimini joriy qilish haqidagi takliflari qabul qilindi:

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarga bo‘lish;

sektorlar rahbarlariga hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini tashkil etish va hal qilish, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini yechish yuzasidan javobgarlik yuklash hamda vakolatlar berish;

hududlarni bosh vazir va uning o‘rinbosarlariga biriktirish;

sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi ustidan Qonunchilik palatasi tomonidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish;

huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularni barvaqt oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan Senat tomonidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish.

Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi va Senat Kengashlariga islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli va har tomonlama o‘rganish, umumlashtirish hamda ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan deputat va senatorlarni hududlarga biriktirish, tegishli mansabdor shaxslarning, birinchi navbatda, aholi oldida davriy hisobot berish tizimini, ularning faoliyatini baholash mezonlarini, shuningdek, yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini nazarda tutgan holda, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularni barvaqt oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratining samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkil etishning namunaviy tartibini tasdiqlash tavsiya etildi.

Syektorlar rahbarlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

birinchidan, uy-joy kommunal va yo‘l xo‘jaligi, energiya, suv va issiqlik ta’minoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;

ikkinchidan, ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, iste’mol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

uchinchidan, hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan obyektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

to‘rtinchidan, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashish bo‘yicha choralar ko‘rish;

beshinchidan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish bo‘yicha ta’sirchan ishlarni tashkil etish.

Sektorlar ishini tashkil etish “mahalla – tuman (shahar) – viloyat – respublika” tamoyiliga ko‘ra amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlari majlislarida har chorakda sektorlar rahbarlarining hisobotlari har bir hududga biriktirilgan mas’ul mansabdor shaxslar, deputatlar va senatorlar ishtirokida eshitiladi. Sektorlar rahbarlarining hisobotlarini eshitishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratish tavsiya etildi:

tegishli davrda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tanqidiy baholash;

aholi, tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari, yoshlarni tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, hududning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini va davlat, hududiy, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritish uchun takliflarni muhokama qilish.

Hududlarga biriktirilgan bosh vazir va o‘rinbosarlarining asosiy vazifalari va funksiyalari etib quyidagilar belgilandi:

hududlarni komleks rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning ishini, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolgan tumanlar va shaharlarda samarali tashkil etish;

tumanlar, shaharlar,mahallalardagi yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha ishlarning samaradorligi va uyg‘unligini ta’minlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan uzviy hamkorligini tashkil etish;

hududning ishchanlik muhiti va ishchanlik faolligini tahlil qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan dolzarb muammolarni hal etishga ko‘maklashish, shakllangan tadbirkorlik madaniyati va mahalliy an’analar, hududning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish darajasini inobatga olgan holda, hududni rivojlantirish bo‘yicha manzilli amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ahvolini tahlil qilish, amalga oshirilayotgan tadbirlarning aholi hayotining sifatiga ta’sir etish darajasini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

hukumat, respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari darajasida qaror qabul qilishni talab etadigan aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

tegishli rahbarlarning faoliyatini tanqidiy tahlil qilish yakunlari asosida ularni amaldagi rahbar kadrlar zaxirasiga qo‘shish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida takliflar kiritish.

Nihoyat, Vazirlar Mahkamasiga:

bir oy muddatda sektorlar rahbarlari, davlat organlari mansabdor shaxslari va xodimlari o‘rtasida mazkur qaror talablarini tushuntirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishi;

2017-yil 20-avgustga qadar muddatda joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarning har tomonlama tahlil etish va umumlashtirish asosida namunaviy “Yo‘l xaritasi”ni hamda sektorlar rahbarlarining namunaviy ish tartibini ishlab chiqish;

bir oy muddatda sektorlar rahbarlari faoliyatining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

2018-yil 1-yanvarga qadar muddatda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini va bajaradigan ishlar hajmini tanqidiy o‘rganish asosida ularning tuzilmasi, vazifalari, funksiya va vakolatlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.

Qaror ijrosini nazorat qilish bosh vazir A.N. Aripov, O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchilari U.S. Ismailov, V.A. Golishev, T.A. Xudaybergenov, O.B. Murodov, bosh prokuror I.B. Abdullayev zimmasiga yuklandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют