» » Qodirov Mosul ozod etilganidan keyin tashlab ketilgan rossiyalik bolalar haqida videorolik e’lon qildi

Qodirov Mosul ozod etilganidan keyin tashlab ketilgan rossiyalik bolalar haqida videorolik e’lon qildi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Instagram’iga Bag‘doddagi yetimxonada olingan videorolikni joyladi, unda IShID terrorchilik guruhi tomonidan yollangan ota-onalari Iroqning Mosul shahri ozod etilganidan keyin tashlab ketgan rus bolalar haqida aytiladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“RT telekanali rahbari Margarita Simonyan iltimosi bilan e’tiboringizga videorolikni taqdim etaman. U Bag‘doddagi yetimxonada olingan. Bolalar rus tilida so‘zlashadi. Ularning ota-onalari yo‘q. Ular o‘z ismlarini eslay olmaydi, ammo og‘riq, qo‘rquv va o‘limni yaxshi eslaydi. Balki kimdir bolalarni tanib qolar… Agar ular haqida birorta ma’lumotga ega bo‘lsangiz, children@rttv.ru manziliga yozing”, — deya qayd etdi u.

Avvalroq Mosulda ota-onasi IShIDga olib ketgan kamida 48 nafar rossiyalik bola borligi, ularning hozircha faqat bir nafari vataniga qaytarilgani xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-08-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 10) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют