» » Donald Trampning yoshligi o‘tgan uy bir kecha uchun 725 dollarga ijaraga berilmoqda (foto va video)

Donald Trampning yoshligi o‘tgan uy bir kecha uchun 725 dollarga ijaraga berilmoqda (foto va video)


Endilikda Airbnb sayti orqali AQSh prezidenti Donald Trampning yoshligi o‘tgan Nyu-Yorkdagi uyni ijaraga olish mumkin, deb xabar berdi “Forum Daily”.

1940-yilda Tyudorlar uslubida qurilgan Kvinsdagi uyda bir kechani o‘tkazish 725 dollar turadi. Uyda beshta yotoqxona bo‘lib unga 17 nafargacha odam sig‘ichi mumkin.

Mehmonxonada Trampning byusti joylashgan. Xabarda aytilishicha, u “tunda Fox News’ni tomosha qilishda ajoyib hamroh” bo‘lishi mumkin.

Bu yerda chekish, uy hayvonlarini olib kelish va turli kechalar o‘tkazish taqiqlanadi.

Newsday’ning ma’lum qilishicha, Paramount Realty USA direktori Misha Xagani e’lonning haqiqiyligini tasdiqlagan. Paramount uyni ismini oshkor etishni istamagan shaxsga mart oyida 2,14 million dollarga sotgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют