» » Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Von Toshkent shahri faxriy fuqarosiga aylandi

Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Von Toshkent shahri faxriy fuqarosiga aylandi


Poytaxt hokimligida Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Vonga Toshkent shahri faxriy fuqarosi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy fan doktori unvonlarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda deputatlar, sport mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalar, sportchi yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Cho Chung Vonga Toshkent shahri faxriy fuqarosi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy fan doktori unvonlarini topshirdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik barcha jabhalarda, jumladan, sport sohasida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

“Bugun tinchlik shahri — Toshkentning faxriy fuqarosi bo‘lish, O‘zbekistonning nufuzli oliy ta’lim muassasasi faxriy fan doktori unvoniga munosib ko‘rilishim men uchun faxrli voqea bo‘ldi, — dedi Cho Chung Von. — Bunday yuksak e’tibor menga yanada kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi”.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-08-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют