» » O‘zbekiston Milliy universiteti tashkil etilganiga 99 yil bo‘ldi

O‘zbekiston Milliy universiteti tashkil etilganiga 99 yil bo‘ldi


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tashkil etilgan kunga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

1918-yil 12-mayda tashkil etilgan mazkur oliy ta’lim muassasasida hozirda 37 yo‘nalishda bakalavr va 63 yo‘nalishda magistrlar tayyorlanmoqda. Universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi, qator kafedralar qoshida innovatsion hamkorlik markazlari, o‘quv-ilmiy komplekslar, 3 akademik litsey faoliyati yil sayin takomillashib bormoqda.

“Universitet davlat ta’lim standartlarini, malaka talablari asosida o‘quv rejalari va dasturlarini yaratish hamda mamlakatimizdagi qator universitetlarga tatbiq qilishda tayanch ta’lim muassasasi hisoblanadi. Ayni paytda bu dargohda talabalarga ta’lim-tarbiya berayotgan professor-o‘qituvchilarning 8 nafari akademik, 150 dan ziyodi fan doktori va professor, 400 ga yaqini fan nomzodi va dotsent ilmiy darajasiga ega”, — deyiladi O‘zA xabarida.

Tadbirda mazkur universitet dunyoning 35 davlatidagi 80 xorijiy oliy ta’lim muassasasi va ilmiy fondlari bilan hamkorlik qilib kelayotgani qayd etildi. 2016—2017 o‘quv yilida 8 memorandum imzolandi.

Tadbirda universitetning bir guruh iqtidorli talabalari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-05-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют