» » Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rivojlanishining ikkinchi bosqichi” loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

Joriy yilning mart oyida Prezident tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini 2030-yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dastur doirasida mis ishlab chiqarishni 1,4 barobar, qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni 33 foizga oshirish belgilangan.

Loyihani o‘zlashtirish jarayonida bitta temir yo‘lni yangi joyga o‘tkazish, ikkita yangi temir yo‘l qurish, avtomobil yo‘llari barpo etish ko‘zda tutilgan. Uzunligi 1,4 kilometrlik tunnel va 3,1 kilometr konveyer yo‘li quriladi, ishlab chiqarish, transport, energetika va boshqa infrastruktura obyektlari barpo etiladi. Yangi mis-boyitish kompleksi, misni elektroliz qilish, oltingugurt kislotasi ishlab chiqarish sexlari va boshqa infratuzilma ob’ektlari quriladi.

Loyiha 2028-yilda to‘liq quvvat bilan ishga tushadi. Natijada 10 mingdan ortiq kishining bandligi ta’minlanadi. Bundan tashqari yosh mutaxassislar uchun 2017—2021 yillarda 400 oilaga mo‘ljallangan 9 ta yangi ko‘p qavatli uy, maktabgacha ta’lim muassasasi va 240 o‘rinli 2 ta yotoqxona barpo etiladi.

Marosimda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

“Yurtimiz yer osti boyliklariga boy, lekin biz undan unumli foydalana olmayapmiz. Biz geologiya sohasini rivojlantirishga yetarlicha e’tibor qaratmadik. Endi bu yo‘nalishdagi ishlarni tubdan yaxshilaymiz va sohani tubdan takomillashtiramiz. Kechagi kun bilan yashash vaqti o‘tdi. Bugun zamon o‘zgarmoqda, biz ham shu shiddatga mos ravishda o‘zgarishimiz kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari mazkur loyihani kadrlar bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Bugun mazkur tarmoqda ishlayotgan yoshlarning ko‘pligini inobatga olib yangi ochilgan konga “Yoshlik” koni, deb nom berishni taklif qildi.

Majmuaga tantanali ravishda tamal toshi qo‘yildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют