» » Pokistonda hokimiyatdan chetlatilgan sobiq bosh vazirning parlamentdagi o‘rni uchun uning xotini kurashadi

Pokistonda hokimiyatdan chetlatilgan sobiq bosh vazirning parlamentdagi o‘rni uchun uning xotini kurashadi


Pokistonning sobiq bosh vaziri Navoz Sharifning turmush o‘rtog‘i Kalsum Navoz erining parlamentdagi bo‘shab qolgani o‘rni uchun o‘tkaziladigan saylovda qatnashishga qaror qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Avvalroq Navoz Sharif korrupsiya mojarosi ortidan bo‘lib o‘tgan sud ishi natijasida, 28-iyul kuni Oliy sud qaroriga ko‘ra o‘z lavozimidan chetlatilgan edi.

Kalsum Sharifning maslahatchisi Asif Kirmoniyning Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, xonimning saylovda qatnashishi uchun zarur barcha hujjatlar 11-avgust kuni taqdim etilgan.

Kirmoniyning so‘zlariga ko‘ra, Kalsum Navozning nomzodi Lahorda ko‘rib chiqilmoqda. Maxsus saylovlar taxminan 45 kundan so‘ng bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish joiz, mamlakatning yangi bosh vaziri lavozimiga hokimiyatdan chetlatilgan Navoz Sharifning ukasi — Shahboz Sharif nomzodi tanlangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют