» » Guam aholisiga yadroviy hujum paytida o‘zini qanday tutish kerakligi tushuntirildi

Guam aholisiga yadroviy hujum paytida o‘zini qanday tutish kerakligi tushuntirildi


Guam oroli ma’muriyati Shimoliy Koreya tomondan yadroviy hujum amalga oshirilgan vaqtda o‘zini tutish bo‘yicha yo‘riqnoma chop etdi. Bu haqda AQSh OAVlariga asoslanib, “Interfaks” xabar berdi.

Joriy haftada Koreya markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya qurolli kuchlarining strategik qo‘mondonligi mutaxassislari ayni vaqtda AQShning Guamdagi harbiy bazalariga zarba berish tezkor rejasini jiddiy ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi.

Guam hukumati orol gubernatori KXDR tomonidan bildirilgan ogohlantirishni rad etganiga qaramay, qo‘llanmani chop etdi.

“Chaqnash yoki sharsimon chaqmoqqa qaramang – u sizni ko‘r qilib qo‘yishi mumkin. Sizni himoya qila oladigan biror narsa ortiga berkining”, — deyiladi yo‘riqnomada.

“Radioaktiv moddalar tarqalmasligi uchun kiyimingizni yeching. Ustki kiyimning yechilishi 90 foiz radioaktiv materiallardan xalos bo‘lishga yordam beradi”, — deb yozilgan hujum vaqtida omon qolish bo‘yicha maslahatlarda.

Pentagon o‘z navbatida Shimoliy Koreyadagi raketa uchirish maydonchalariga ogohlantiruvchi zarba berishni ko‘zda tutuvchi maxsus rejani tayyorlab qo‘ygan.

Guam ma’muriyati orol Shimoliy Koreya raketa tahdididan ishonchli himoyalanganiga ishontirmoqda.

Guam gubernatorining ichki xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jorj Charfaurosning aytishicha, Guamda joylashtirilgan THAAD raketalarga qarshi majmualari Shimoliy Koreya raketa zarbasidan orolni himoyalay olmaydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют