» » KXDR AQShning Guamdagi bazalariga raketa zarbasi berish rejasini ishlab chiqmoqda

KXDR AQShning Guamdagi bazalariga raketa zarbasi berish rejasini ishlab chiqmoqda


Koreya xalq armiyasi AQShning Tinch okeanidagi Guam orolida joylashgan harbiy obyektlariga, shu jumladan, B-52 strategik bombardimonchilari joylashgan Andersen aviabazasiga  preventiv raketa zarbasini berish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda KXA vakilining Koreya Markaziy telegraf agentligi tarqatgan bayonotida aytiladi, deb yozadi “TASS”.

“Koreya xalq armiyasi strategik kuchlari ayni paytda Guam oroli hududlariga AQShning asosiy harbiy bazalarini bloklab qo‘yish uchun, “Xvason-12” o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketalari yordamida zarba berish rejasini puxtalik bilan o‘rganmoqda”, — deyiladi hujjatda.

Unda ta’kidlanishicha, yangi reja eng qisqa muddatlarda KXA oliy qo‘mondonligiga taqdim etiladi va KXDR yetakchisi Kim Chen Indan tegishli buyruq kelib tushgan taqdirda zudlik bilan amalga oshiriladi.

KXA vakili fikricha, “AQSh KXDR ballistik raketalari hozirda doimiy ravishda jangovar shaylik rejimida turganligini anglashi kerak”.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют