» » O‘zbekistonda 2018-yildan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i bekor qilinadi

O‘zbekistonda 2018-yildan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i bekor qilinadi


O‘zbekiston Prezident 10-avgust kuni “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, 2017-yil 1-oktabr kunidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi bekor qilinmoqda.

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni quyidagi sxema bo‘yicha oladi:

2020-yil 1-yanvargacha:

Bundan tashqari, 2018-yil 1-yanvardan:

2017-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda Markaziy bank respublika hududida belgilangan tartibda zargarlik buyumlarining asillik darajasini belgilash va tamg‘alashni amalga oshiradigan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining filiallari tashkil etilishini ta’minlaydi.

“1-Zargarlik korxonasi” davlat korxonasining Toshkent shahar, Zargarlik ko‘chasi, 46B-uy manzilidagi mulkiy kompleksi zamonaviy zargarlik ishlab chiqarishini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun “Asaka” bankiga o‘tkaziladi (2018-yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют