» » Andijon va Farg‘onada ehtiyojmand oilalarga yangi uylar topshirildi

Andijon va Farg‘onada ehtiyojmand oilalarga yangi uylar topshirildi


Andijon viloyatida ehtiyojmand oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga Prezident sovg‘asi — yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar tantanali topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Baliqchi tumanida yashovchi Azizbek Toshtanov, Paxtaobod tumani Soybo‘yi mahallasidan Munosibxon Xoldinova, jalaquduqlik Umidjon Dehqonov, Buloqboshi tumanida yashovchi Irodaxon Hamdamova, paxtaobodlik Adolatxon Abdurahmonova, marhamatlik Shahnoza Adhamova, shahrixonlik Ozodbek Xudoyberdiyev, ulug‘norlik Gulnora Hamdamova, qo‘rg‘ontepalik Nargiza Qurbonova, Husan Sodiqovlarga Prezident sovg‘asi — yangi uylar kalitlari topshirildi, tadbirlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

O‘g‘lim Azizbek ham, kelinim Dildoraxon ham II guruh nogironi. To‘rt farzandim bor, ikkovi uylangan. Hozir 4 sotixli hovlida uch oila, 10 jon yashaymiz. Shu torgina hovlida kenja o‘g‘lim tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, tovuq boqadi.

Ancha qiynalib qolgan edik. Shuning uchun Prezidentimizning virtual qabulxonasiga uy-joy olish masalasida murojaat qilgan edik, mana bugun Archazor mahallasida barpo etilgan yangilangan loyihadagi 2 sotixli uylardan biri o‘g‘lim Azizbekka ajratildi. Buning ustiga uyning boshlang‘ich to‘lovi Prezidentimiz tomonidan to‘lab berildi.

Biz kabi qo‘li kalta, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.

Qimmatxon Toshtanova, Andijon viloyati Baliqchi tumani “Avesto” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro

Shuningdek, Farg‘ona shahrida 54 oilaga mo‘ljallangan uy-joy foydalanishga topshirildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev so‘zga chiqqan.

O‘zAning yozishicha, Bufotima Domullajonova ikki farzandi, kelini va nevaralari bilan ijarada yashab kelgan. Uning murojaati qondirilib, yangi xonadon kaliti topshirildi.

Bu gapga to‘g‘risi, avvaliga unchalik ishonmadim, tush bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Ochig‘i, umidimni yo‘qotmay, yaxshi kunlarni kutdim, lekin bunday tuhfani xayolimga ham keltirmagandim. Chunki, ilgari bunaqasi hech bo‘lmagan-da, eshitmaganmiz ham. Yo‘q, rost ekan. Ko‘rib turibsiz, mana bu yangi uyning kaliti. Mana, endi o‘zimizning uyga ega bo‘ldik. Bunday ezgu ishlar boshida turgan Prezidentimizdan minnatdormiz.

Bufotima Domullajonova, farg‘onalik fuqaro

Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sayyora Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, shaharda bo‘sh turgan binolar qayta ta’mirlanib, uy-joyga muhtoj oilalarga berilmoqda. “Joriy yilning o‘tgan davrida bo‘sh turgan 2 bino ta’mirdan chiqarilib, 108 oilaga berildi”, — deydi Sayyora Alimova.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-08-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют