» » Rossiyalik jurnalist Andrey Malaxov jamoasi “Birinchi kanal”ni tark etdi

Rossiyalik jurnalist Andrey Malaxov jamoasi “Birinchi kanal”ni tark etdi


Rossiyaning “Birinchi kanali”dagi eng mashhur shoulardan biri — “Pust govoryat” dasturi jamoasi ishdan ketdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Shou boshlovchisi Andrey Malaxovning qolish-qolmasligi hozircha noma’lum.

Ko‘rsatuv prodyuseri Nataliya Galkovich ham jamoaning telekanalni tark etganini tasdiqladi. U Instagram’dagi sahifasida shou xodimlari Andrey Malaxovning karton rasmi va boshqa buyumlari bilan “Ostankino”ni tark etayotgani aks etgan videoni joylashtirdi.

O‘tgan hafta OAVda Malaxov kanalni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Buning turlicha sabablari ko‘rsatilmoqda. Jurnalistning o‘zi bu borada rasmiy izoh bermayapti. Taxminlarga ko‘ra, jamoa telekanal rahbariyati, xususan, prodyuser Natalya Nikonova bilan ixtilofga borgan.

Bundan tashqari, ko‘rsatuv Malaxovsiz suratga olinmoqda. Uning o‘rnini boshlovchi Dmitriy Borisov egallaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-08-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют