» » Janubiy Koreya termasiga JCh—1998 da o‘ynagan hujumchi chaqirildi. U JCh—2018 saralashida O‘zbekistonga qarshi o‘ynashi mumkin

Janubiy Koreya termasiga JCh—1998 da o‘ynagan hujumchi chaqirildi. U JCh—2018 saralashida O‘zbekistonga qarshi o‘ynashi mumkin


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya milliy terma jamoasi JCh—2018 saralashining Eron va O‘zbekistonga qarshi so‘nggi ikki o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi axborotiga ko‘ra, tarkibdan 26 nafar futbolchi o‘rin olgan.

Janubiy Koreya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Shin Te Yong “Tottenhem” a’zosi Son Xyon Min va “Suonsi” yarim himoyachisi Ki Son Yonni ham tarkibga jalb qilgan. Ularning ikkisi yaqindagina jarohatidan qayta tiklangan edi.

Bosh murabbiy Shin Te Yong saralashning so‘nggi ikki o‘yini uchun uchta hujumchini terma jamoaga chaqirgan bo‘lib, ular orasida 38 yoshli Li Dong Guk ham bor. U 1998-yili Fransiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati uchrashuvlarida maydonga tushgan, JCh—2006 va JCh—2014 saralashlari doirasidagi O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda gol urgan.

Termaga chaqirilgan 26 futbolchining barchasi saralash yakuniga qadar bir butun bo‘ladi. Janubiy Koreya termasining taqdiri shu ikki o‘yinga bog‘liq. G‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Shin Te Yong, Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Qayd etish joiz, O‘zbekiston va Janubiy Koreya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 5-sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bundan avval esa koreyslar 31-avgust kuni o‘z maydonida Eronni qabul qiladi — shu kuni O‘zbekiston Xitoy mehmoni bo‘ladi.

Darvozabonlar — Kim Jin Xyun (“Serezo Osaka”, Yaponiya), Kim Seung Gyu (“Vissel Kobe”, Yaponiya), Cho Xyun Vu (“Tegu”).

Himoyachilar — Kim Ki Xi (“Shanxay Shenxua”, Xitoy), Kim Ju Yung (“Xebey Chayna”, Xitoy), Kim Yung Kvon (“Guanchjou Evergrand”, Xitoy), Kim Min Je (“Chonbuk Motors”), Kim Min Vu (“Suvon Samsung”), Kim Jin Su (“Chonbuk Motors”), Ko Yan Xan (“Seul”), Choi Chul Sun (“Chonbuk Motors”).

Yarim himoyachilar — Ki Son Yon (“Suonsi”, Angliya), Son Xyon Min (“Tottenhem”, Angliya), Li Kun Xo (“Gangvon”), Ku Ja Chol (“Augsburg”, Germaniya), Yom Ki Xun (“Suvon Samsung”), Nam Tae Xe (“Al-Duhayl”, Qatar), Jang Xyun Su (“Tokio”, Yaponiya), Li Je Sung (“Chonbuk Motors”), Jung Vu Yong (“Chonkin Lifan”, Xitoy), Kim Bo Kyung (“Kashiva Reysol”, Yaponiya), Kvong Kyung Von (“Tianjin Kuanjian”, Xitoy), Kvong Chang Xun (“Dijon”, Fransiya).

Hujumchilar — Li Dong Guk (“Chonbuk Motors”), Kim Shin Vuk (“Chonbuk Motors”), Xvang Xi Chan (“Red Bull Zalsburg”, Avstriya).

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rin olgan “A” saralash guruhida Eron dastlabki sakkiz o‘yinda 20 ochko to‘plagani holda, muddatidan avval JCh—2018 final bosqichi yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritib bo‘lgan, Qatar va Xitoy esa yo‘llanma uchun kurashdan amalda chiqib bo‘lgan.

Guruhda ikkinchi bo‘lib turgan Janubiy Koreya hisobida 13, O‘zbekiston milliy terma jamoasida esa 12 ochko bor. To‘rtinchi o‘rindagi Suriya hisobida 9 ochko bo‘lib, bu jamoa ham JCh—2018 yo‘llanmalari uchun kurashni davom ettirmoqda. Guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi, 3-o‘rin sohibi esa pley-off bahslarida qatnashadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 71) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют