» » Rossiya Novosibirskda joylashgan ko‘lni to‘lig‘icha Qozog‘istonga berdi

Rossiya Novosibirskda joylashgan ko‘lni to‘lig‘icha Qozog‘istonga berdi


Rossiya chegaralar demarkatsiyasidan so‘ng Qozog‘istonga Novosibirsk viloyatining Kupinsk tumanida, Pokrovka qishlog‘i yaqinida joylashgan Sladkoye ko‘lini to‘liq berdi. 10-avgustga qadar chegara ko‘l bo‘ylab o‘tgandi, deya ma’lum qildi Meduza.

Ov mavsumida mazkur ko‘lga mahalliy aholi va Novosibirsk hamda Omskdan tez-tez mehmonlar kelib turgan. Biroq, tuman ma’muriyati rahbari Vladimir Shubnikovning ta’kidlashicha, “yarim ko‘l, yarim botqoq bo‘lgan Sladkoyeda baliq yo‘q va u iqtisodiy jihatdan hech qanday qiziqish uyg‘otmaydi”.

Google Maps manbalariga ko‘ra, ko‘l yuzasi maydoni 45 gektardan iborat. Ilgari Rossiya hisobiga uning 14 gektari to‘g‘ri kelardi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-08-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 8) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют