» » Rossiya FXX Qozog‘istonga Sladkoye ko‘li “berilishi” sabablariga oydinlik kiritdi

Rossiya FXX Qozog‘istonga Sladkoye ko‘li “berilishi” sabablariga oydinlik kiritdi


Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Novosibirsk viloyatidagi chegara boshqarmasi mamlakatning Sladkoye ko‘lidagi davlat chegarasi o‘zgarmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Mahalliy aholi davlat chegarasi ko‘lning o‘rtasidan o‘tishiga ko‘nikib qolgan va uning qirg‘og‘iga ov uchun borishda davom etayotgandi. Biroq demarkatsiya jarayonida oxirgi yillarda ko‘l qattiq quriganligi sababli chegara endi aynan uning qirg‘og‘idan o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. Tuman ma’muriyatining ko‘l yaqinida ov qilib bo‘lmasligi haqidagi tushuntirishi shu bilan bog‘liq”, — dedi boshqarma matbuot xizmati vakili.

FXXga ko‘ra, shu tariqa Rossiya Qozog‘istonga hech qanday hududni bermagan va chegara avval qayerdan o‘tgan bo‘lsa, o‘zgarishsiz qolgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-08-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют