» » Samvel Babayan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi 27 futbolchini chaqirdi. Ular orasida “Jubilo Ivata”dagi Fozil Musayev ham bor

Samvel Babayan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi 27 futbolchini chaqirdi. Ular orasida “Jubilo Ivata”dagi Fozil Musayev ham bor


O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan JCh—2018 saralash guruh bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yin uchun 27 futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoy va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik doirasida 20-avgustdan Toshkentda yig‘in boshlaydi. Mazkur yig‘in doirasida 25-avgut kuni Qirg‘iziston termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 31-avgust kuni safarda Xitoyga qarshi bahs olib borsa, 5-sentabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya termasiga qarshi maydonga tushadi.

Darvozabonlar — Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv” Toshkent), Nikita Ribkin (“Qo‘qon-1912”).

Himoyachilar — Farrux Sayfiyev (“Nasaf”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Sherzod A’zamov (“Paxtakor”), Yegor Krimets (“Beyjing Goan”, Xitoy), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv” Toshkent), Davron Hoshimov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar — Server Jeparov (“Istiqlol” Tehron, Eron), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv” Toshkent), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv” Toshkent), Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya), Aziz G‘aniyev (“Nasaf”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Fozil Musayev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jazira”, BAA), Marat Bikmayev (“Lokomotiv” Toshkent).

Hujumchilar — Temurxo‘ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Aleksandr Geynrix (“O‘rdabasi”, Qozog‘iston).

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rin olgan “A” saralash guruhida Eron dastlabki sakkiz o‘yinda 20 ochko to‘plagani holda, muddatidan avval JCh—2018 final bosqichi yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritib bo‘lgan, Qatar va Xitoy esa yo‘llanma uchun kurashdan amalda chiqib bo‘lgan.

Guruhda ikkinchi bo‘lib turgan Janubiy Koreya hisobida 13, O‘zbekiston milliy terma jamoasida esa 12 ochko bor. To‘rtinchi o‘rindagi Suriya hisobida 9 ochko bo‘lib, bu jamoa ham JCh—2018 yo‘llanmalari uchun kurashni davom ettirmoqda. Guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi, 3-o‘rin sohibi esa pley-off bahslarida qatnashadi.

Avvalroq Janubiy Koreya bosh murabbiyi terma jamoaning O‘zbekistonga qarshi o‘yini uchun tarkibni e’lon qilgani, tarkibdan JCh—1998 da ham ishtirok etgan hujumchi Li Dong Guk ham o‘rin olgani haqida xabar berilgan edi. 38 yoshli Li Dong Guk O‘zbekiston darvozasiga jami to‘rtta gol urgan bo‘lib, ularning ikkitasi turli yillardagi saralash o‘yinlarida, qolgan ikkitasi esa bitta o‘rtoqlik uchrashuvida kiritilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют