» » “Uyimni sotib, pulini Ahmadboyga bergandim. Endi ijarada yuribman”. Ahmadboydan jabrlanganlarning ko‘rsatmalari

“Uyimni sotib, pulini Ahmadboyga bergandim. Endi ijarada yuribman”. Ahmadboydan jabrlanganlarning ko‘rsatmalari


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida Ahmadjon Tursunboyev (Ahmadboy) hamda uning olti nafar sherigi gumondor sifatida ko‘rilayotgan ish bo‘yicha sud eshituvi davom etmoqda. Bu haqda UZ24 ma’lum qildi.

Sud Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudidasida Tursunboyev tashkil etgan “Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” firmalari faoliyatidan zarar ko‘rgan 9 nafar jabrlanuvchining ko‘rsatmalari tinglandi.

T. Fazliddinov: “Yashab turgan uyimni sotib, pulini Ahmadboyga bergandim”

— 1988-yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilganman. Oilaliman, ikki nafar farzandim bor. Ahmadboy haqida eshitib kelardim, lekin 4 yil mobaynida ishonmagandim. Atrofimdagilar, tanish-bilishlarim u haqida ko‘p gapiravergach, men ham pul topshirishga qaror qilgandim. 2016-yil 14- iyun kuni yashab turgan uyimni sotib, 24,5 ming dollarni Ahmadboyga o‘z qo‘lim bilan oborib bergandim.

Ertasiga, ya’ni 15-iyun kuni Ahmadboy qo‘lga olindi, degan xabar tarqaldi. Ular pulimni 62 ming dollar qilib qaytarishni aytishgandi. Hozirda oilam bilan Yangiyo‘l shahrida ijarama-ijara yashab yuribman.

E. Ataxadjayev: “Kartoshka ekib, bankrot bo‘lgandim”

— Toshkent viloti, O‘rtachirchiq tumanida yashayman. 2015-yili dalaga kartoshka ekib, bankrot bo‘ldim. O‘sha yili kartoshka juda arzon bo‘lib ketdi, sarflagan xarajatimni qoplay olmadim. Shundan keyin Ahmadboy haqida, u berilgan pullarni ortig‘i bilan qaytarishi haqida eshitib qoldim. 2016-yil iyun oyida qaynotamning Lasetti rusumli mashinasini sotib, 5 ming dollarni Ahmadboyga olib borib berdim. Ular 5 mingni 10 oyda 12 ming qilib beramiz, deyishgandi. Hali bir marta ham pulimni olmasimdan, Ahmadboy ushlandi.

S. Safarova: “Yetti bosh mol, Matiz, tilla taqinchoqlarimni olib ketdi”

— Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida yashayman. Uyda 7 bosh qoramol boqardim. Bir kuni Baxt ismli yigit mahallamizga kelib, agar pullaringizni, mollaringni Ahmadboyga topshirsangiz, sizlarga ko‘paytirib qaytaradi, degan gaplarni aytdi. Men unga ishondim va qoramollarni topshirdim. Yana bir kun kelib, hovlida turgan Matiz avtomobilini ham topshirishimni aytdi. Mashinaga qo‘shib tilla taqinchoqlarimni ham 6 ming dollarga baholab, o‘zi olib chiqib ketdi. Mening ortimdan qizim ham ikki bosh qoramoli, tillalari, sotgan uyining pulini o‘sha yigitga topshirdi. Mana endi hech nimasiz qoldik…

K. Rahimov: “Ahmadboyning ofisini bankka o‘xshatdim”

— Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Xalqobod qo‘rg‘onida hovlim bor, u yerda qo‘y boqardim. Bir kuni Dilmurod ismli bola kelib, qo‘ylarimni yanada ko‘paytirib berishni va’da qilib, 11 ta qo‘yni olib ketdi. Avvaliga ishonqiramay, qo‘y boqiladigan joylarni o‘z ko‘zim bilan borib ko‘rib keldim. Hammasi badastr, joyida edi. Keyin Ahmadboyning Chinozdagi ofisiga ham bordim, u yerda bir necha kassalar qilib qo‘yilgan, odamlar kirib-chiqib, kelib-ketyapti ekan. Men u yerni bankka o‘xshatdim. Barcha sharoitlar yaratilgan edi, har qanday odam qonuniyligiga ishonadigan darajada edi.

Qo‘limda 700 dollar bor edi, uni topshirdim, qo‘limga chekka o‘xshash qog‘oz berishdi va har oyda pulingizni foizi bilan olasiz, deyishdi. Shunda keyin ishonchim yanada ortib, 3 ming dollarni yana olib borib berdim. O‘shanda 2016-yil aprel-may oylari edi. Biroq iyun oyi o‘rtalarida Ahmadboy qo‘lga olindi-yu, qo‘y va pullarimni qaytarib ololmadim.

Ahmedova: “Erimning operatsiyasiga pul kerak edi, majburlikdan uyimni sotdim”

— Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida yashayman. 2-guruh nogironiman, 3 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im og‘ir betob bo‘lib qoldi, ularni Hindistonda operatsiya qildirmoqchi edik. O‘shanda pul zarur bo‘lgani uchun uyimizni 18 ming dollarga sotdik. Lekin bizga bu pul operatsiya uchun kamlik qilishi, jami 25-30 ming dollar kerakligini aytishdi. Shu paytlarda (2016-yil) bozorda odamlardan Ahmadboy haqida eshitib qoldim.

Unga pulingni bersang, senga ikki barobar qilib qaytaradi, deyishdi. Odamlarning gapiga ishonib, Ahmadboyni qidirib Chinozga bordik. U yerda odamlar juda ko‘p edi, uzun navbatlar bor edi. Men bir ayolni to‘xtatib, “bu kishi ishonchlimi, aldamaydimi”, deb so‘radim. U esa ishonchli deb tasdiqladi. Shuningdek, inkassatsiya mashinasi ham kirib-chiqib yurganini ko‘rdim. Shunda men demak, ishonchli ekan, davlatga soliq to‘lar ekan deb o‘yladim.

O‘zi bilan uchrashmoqchi edim, biroq meni qo‘yishmadi. Shundan keyin Olmos degan kishiga uchradik. U bilan erim chiqisha olmadi, keyin Murodjon degan yigitga uchradik (Shu payt guvohdan sudlanuvchilar ichida Olmos va Murod ismli shaxslar bormi deb so‘raldi, guvoh ularni ko‘rsatdi) va unga 16,5 ming dollar berdik. Shundan so‘ng bir martagina 2 700 dollar oldik, Ahmadboy qo‘lga olingach, qolgan 13,800 dollar pulimizni ololmadik. Sudlanuvchilardan da’voim yo‘q, pullarim qaytarib berilsa bo‘ldi.

T. Shodiyev: “Rossiyada ishlayotgan qayniukam yuborgan pullarini berib yubordim”

— Sirdaryo viloyatida yashayman. 2016-yil fevral oyida Toshkentga kelganimda Ahmadboy haqida eshitib qoldim. Ayolim bilan maslahatlashib unga pul topshirmoqchi bo‘ldik. Rossiyada ishlayotgan qayniukam pullarini bizga jo‘natardi, shu pullardan 2 700 dollarni Ahmadboyga topshirdim. Ofisga borsak, bir necha kassalar bor ekan, bizni 1-kassada qabul qilishdi va 10 oyga deb bersangiz, pulingizga 10 foiz qo‘shiladi, deyishdi. 76/42 raqam bilan daftarga qayd qildi. Birinchi pulimni 20 iyulda olishim kerak edi, lekin Ahmadboy 15-iyunda ushlandi…

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют