» » Shavkat Mirziyoyev: Ichki ishlar tizimini joy-joyiga qo‘ymasak, xalq bizga hech qachon ishonmaydi, islohotlar ham befoyda (video)

Shavkat Mirziyoyev: Ichki ishlar tizimini joy-joyiga qo‘ymasak, xalq bizga hech qachon ishonmaydi, islohotlar ham befoyda (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni ichki ishlar tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar tizimini tartibga solmay turib, xalqning ishonchini qozonib bo‘lmasligini, islohotlarni amalga oshirish befoyda ekanligini ta’kidladi.

Ichki ishlar organlari tizimidagi yillar davomida juda ko‘p muammolar to‘planib qolgani, ularga nisbatan aholimizda jiddiy e’tirozlar borligi hech kimga sir emas. Shuning uchun, bir necha marta, qayta-qayta shu sohaga e’tibor qaratyapmiz. Agar bu masalani tubidan, xalqimizni ishontirib hal qilmasak, birorta islohotni amalga oshirish befoyda.

Bugun studiyalarda o‘tirgan hokimlar, IIB boshliqlari bitta masalaga javob berishi kerak: nima uchun shuncha qarorlar qabul qilinyapti-yu, nima uchun jinoyatchilik kamaymayapti? Ma’naviyat, ma’rifat, munosabat, javobgarlik o‘zgarmayapti. Bu ishlar vaqtincha deb o‘ylayapti. Vaqtincha emas!

Bu tizimli, doimiy, juda katta nazoratda bo‘layotgan ish. Agar biz, takror aytaman, mana shu sohani joy-joyiga qo‘ymas ekanmiz, odamlar, xalqimiz bizga hech qachon ishonmaydi. Odamlarga birinchi galda tinchlik kerak. Tinchlikni bevosita ta’minlab beradigan esa ichki ishlar idoralaridir.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

O‘zAning xabar berishicha, yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari muhokamadan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olib, yig‘ilishda ko‘tarilgan va sohadagi mavjud boshqa kamchiliklarni bartaraf etish yo‘lida astoydil harakat qilishini ta’kidlagan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-08-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют