» » Xalqaro Qizil Xoch: Donbassdagi urush oqibatida 2014-yildan beri 2,7 ming tinch aholi bo‘ldi

Xalqaro Qizil Xoch: Donbassdagi urush oqibatida 2014-yildan beri 2,7 ming tinch aholi bo‘ldi


Ukraina sharqidagi qurolli nizo hududida 2014-yildan beri 2,7 mingdan ziyod tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Ukrainadagi bo‘linmasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.

“Ukrainadagi harbiy nizo davomida 2 700 dan ziyod tinch aholi vakili halok bo‘ldi, bir milliondan ziyod oila o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi”, — deyiladi tashkilot hisobotida.

Bundan tashqari, Xalqaro Qizil Xoch jangovar harakatlar hududida bo‘lgan bolalar sonini ham hisoblab chiqdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, nizo qamrab olgan hududlarda 500 ming bola istiqomat qiladi.

2017-yil bahorida BMTning Ukrainadagi inson huquqlari bo‘yicha Monitoring missiyasi Ukrainadagi qurolli nizo qurbonlari soni bo‘yicha o‘z hisob-kitoblarini taqdim etgan edi. Unga ko‘ra, urushning uch yili davomida salkam 10 ming kishi halok bo‘lgan (bu raqam ham tinch aholi vakillarini, ham to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan harbiylarni hisobga olgan).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-08-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют