» » Arnold Shvarsenegger yahudiy tashkilotiga 100 ming dollar hadya qiladi

Arnold Shvarsenegger yahudiy tashkilotiga 100 ming dollar hadya qiladi


AQShning Kaliforniya shtati sobiq gubernatori va mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger yahudiy notijorat tashkilotiga 100 ming dollar hadya qilishini ma’lum qildi. Shvarseneggerning bu qaroriga Virjiniya shtatidagi Sharlotsvill shahrida oq natsionalistlar tomonidan o‘tkazligan namoyish turtki bo‘lgan. Aktyor bu namoyishdan dahshatga tushgan. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

12-avgustda bo‘lib o‘tgan namoyishda avtomobil olomon ustiga bosib borgan. Natijada 32 yoshli ayol halok bo‘lgan va 19 kishi jarohatlangan.

“Oq Amerika yo‘q — faqat Amerika Qo‘shma Shtatlari bor. Siz bu nafratli qarashlar bilan tug‘ilmagansiz — siz o‘zgarishingiz, ulg‘ayishingiz va rivojlanishingiz mumkin, men sizga buni tezroq boshlashni taklif qilaman”, — deb yozgan sobiq gubernator o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

Pullar Los-Anjelesdagi notijorat tashkilot — Saymon Vizental markaziga, hamda Los-Anjelesdagi bag‘rikenglik muzeyiga beriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, markaz holokost (millatchilar tomonidan boshqa etnik va ijtimoiy guruhlarini ta’qib qilish va yo‘q qilish) yuzasidan izlanishlar olib boradi va antisemitizm, ko‘ra olmaslik va terrorizmga qarshi kurashadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют