» » Usmonovning sherigi yashirincha tinglash tizimini yaratish uchun generallarni ishga oladi

Usmonovning sherigi yashirincha tinglash tizimini yaratish uchun generallarni ishga oladi


Axborot xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi, shu jumladan, tezkor-qidiruv tadbirlari tizimini yaratishga aloqador kompaniyalarni birlashtiruvchi “Sitadel” xoldingiga Rossiya ichki ishlar vazirligining “K” boshqarmasi sobiq boshlig‘i Boris Miroshnikov vitse-prezident bo‘ldi, deb yozadi “RBK” o‘z manbalariga tayanib.

General-polkovnik Boris Miroshnikov ko‘p yillar davomida Rossiyada kiberjinoyatchilikka qarshi kurashgan. 1990-yillarda Federal xavfsizlik xizmati kompyuter va axborot xavfsizligi boshqarmasini boshqargan. 2001—2011-yillarda IIVning Maxsus texnik tadbirlar byurosi (“K” boshqarmasi) boshlig‘i bo‘lgan.

“Sitadel” xoldingiga 2015-yilda Anton Cherepennikov va uning sheriklari asos solgan. Cherepennikov o‘zining boshqa loyihasi tufayli tanilgan — uning kibersport sohasidagi Virtus.pro kompaniyasiga milliarder Alisher Usmonovning USM Holdings xoldingi investitsiya kiritgan.

“Sitadel” ishlab chiqaradigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalar kompleksi bo‘lib, undan Federal xavfsizlik xizmati va boshqa kuch tuzilmalari o‘z ehtiyojlari (yashirincha tinglash) uchun foydalanadi va uni Rossiyadagi barcha aloqa operatorlari o‘z tarmoqlariga o‘rnatishga majbur.

Nashr manbasiga ko‘ra, kuzda xoldingga yana bir vitse-prezident — Sergey Yefremov kelishi mumkin, u ayni paytda Federal xavfsizlik xizmati Maxsus texnika markazi rahbari general lavozimini egallab turmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-08-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют