» » Eron sudi AQShdan Saddam Husayn qo‘shinlarining kimyoviy hujumlari qurbonlariga 245 mln dollar to‘lashni talab qildi

Eron sudi AQShdan Saddam Husayn qo‘shinlarining kimyoviy hujumlari qurbonlariga 245 mln dollar to‘lashni talab qildi


Eron sudi AQShdan 1980—1988-yillardagi Eron-Iroq urushi vaqtida prezident Saddam Husayn qo‘shinlari kimyoviy qurol qo‘llagan holda bergan zarbalardan jabrlanganlarga tovon puli to‘lashni talab qildi, deb yozadi “Kommersant”. Eron hukumati tovon puli miqdorini 245 million dollar deb belgiladi.

“Kimyoviy qurol ishtirokidagi bombardimonlardan jabrlanganlar da’vo arizalarini berdi, sud esa jabrlangan yoki vafot etgan 18 nafar fuqaro bo‘yicha qaror qabul qildi”, — dedi Eron sudi vakili.

Nashr eslatishicha, Eron-Iroq urushi chog‘ida AQSh Iroqqa ko‘mak bergan. Ko‘mak iqtisodiy yordam va Iroq armiyasiga qurol-yarog‘ yetkazib berishdan iborat bo‘lgan. AQSh senati urushdan keyin e’lon qilgan hujjatlarda yetkazib berilgan qurol-yarog‘lar orasida BMT ekspertlari tomonidan Iroq kimyoviy qurollari qoldiqlaridan topilgan mikroorganizmlar va materiallarga o‘xshash narsalar bo‘lgan. Bu quroldan Saddam Husayn armiyasi Eronga qarshi jangovar harakatlarda foydalangan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют