» » Livan razvedkasi Avstraliyadan BAAga uchayotgan samolyot bortida sodir etilishi rejalashtirilgan teraktning oldini oldi

Livan razvedkasi Avstraliyadan BAAga uchayotgan samolyot bortida sodir etilishi rejalashtirilgan teraktning oldini oldi


Livan razvedkasi Avstraliyadan Birlashgan Arab Amirligiga parvoz qilayotgan samolyot bortida sodir etilishi rejalashtirilgan teraktning oldini oldi. Bu haqda Livan IIV rahbari Nuxad Mashnuk 21-avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Livan ichki xavfsizlik kuchlarining razvedka bo‘limi yaqinda Avstraliyadan Abu-Dabiga uchayotgan amirlikka tegishli aviatarmoq samolyoti bortida portlashning oldini oldi”, — deya teraktning rejalashtirilish sanasiga aniqlik kiritmasdan ma’lum qildi livanlik vazir.

Tarik Xayat ismli livanlik terrorchi to‘rt nafar jangari bilan birgalikda teraktni uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgan, deya qo‘shimcha qildi Mashnuk. Vazir terrorchining taqdiri nima bo‘lgani haqida ma’lum qilmadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют