» » Peterburgda piyodalarni urib ketgan O‘zbekiston fuqarosini 2 oyga hibsga olishdi

Peterburgda piyodalarni urib ketgan O‘zbekiston fuqarosini 2 oyga hibsga olishdi


19-avgust kuni kechqurun Sankt-Peterburg shahrida 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Volkswagen Polo avtomobilida to‘rt nafar piyodani urib ketib, bino devoriga borib urildi, deb yozadi “1news.uz”.

YTH oqibatida bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan uch kishi kasalxonalarga yotqizildi. Haydovchining o‘zi — avtoservisda norasmiy tarzda ishlaydigan Nazirjon Ne’matov ham o‘rtacha og‘irlikdagi ahvolda kasalxonaga tushdi. U 20-oktabrga qadar hibsga olindi. Unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Sudda ma’lum bo‘lishicha, yigit ishda qattiq charchagach, birovning mashinasida haydovchilik guvohnomasisiz oziq-ovqat do‘koniga borib kelishga qaror qilgan. Yo‘lda Yo‘l-patrul xizmati xodimlarini ko‘rib qolgach, qo‘rqib ketgan va qochishga qaror qilgan. Yomg‘ir vaqtida katta tezlikda ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va YTHga uchragan. U jinoyatni amalga oshirishdagi aybini to‘liq tan oldi. Tergovchi haydovchini hibsga olishni talab qildi, sud uni qo‘llab-quvvatladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют