» » 2 ta o‘yinda 3 ta gol va 3 ta golli pas. Neymar Fransiyani zabt etishni boshladi

2 ta o‘yinda 3 ta gol va 3 ta golli pas. Neymar Fransiyani zabt etishni boshladi


Fransiyaning “PSJ” klubiga shov-shuvli transfer bo‘lgan Neymar parijliklarning ketma-ket ikki o‘yinida maydonga tushdi va 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Neymar “Amyen” klubiga qarshi 2:0 hisobi bilan yakuniga yetgan uchrashuvni qo‘yib yuborgandi. Keyinroq “PSJ” u harakat qilgan bellashuvda “Gengam” ustidan 3:0 hisobida, “Tuluza” ustidan 6:2 hisobida zafar quchdi.

O‘zining debyut o‘yinida Neymar Edinson Kavanining goliga pas berdi. Keyinroq uning pasidan so‘ng gol urdi. “Tuluza” bilan o‘yinda hujumchi biryo‘la dubl qayd etdi. Adriyen Rabyo hamda Leyvin Kyurzavaning gollariga pas berdi. Hisob 2:1 bo‘lib turganida parijliklar maydonda bir kishi kam qolgan bo‘lsa-da, mehmonlar mezbonlarni to‘xtatib qololmadi.

Fransiya chempionati
3-tur o‘yini
21-avgust, dushanba

Gollar: Maks Gradel, 18 (0:1). Neymar, 31 (1:1). Adriyen Rabyo, 35 (2:1). Edinson Kavani, 74-pen (3:1). Kristofer Jyulyen, 78 (3:2). Xavyer Pastore, 82 (4:2). Leyvin Kyurzava, 84 (5:2). Neymar, 90+2 (6:2).

Neymarni boy bergan “Barselona” hozirgacha 3 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, ularning 2 tasida asosiy raqobatchisi bo‘lgan “Real”ga imkoniyatni boy berdi: 1:3, 0:2.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют