» » El Mundo: ushlangan terrorchilardan biri Sagrada Familiya soborida terakt tayyorlanganini gapirib berdi

El Mundo: ushlangan terrorchilardan biri Sagrada Familiya soborida terakt tayyorlanganini gapirib berdi


Kataloniyadagi teraktga aloqadorlikda gumonlanib ushlangan Muhammad Shamlal sud chog‘ida yacheyka Barselonadagi Sagrada Familiya (Muqaddas oila ibodatxonasi) soborida qo‘poruvchilik harakati tayyorlaganini hikoya qilib berdi. Bu haqda, El Mundo gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar qilmoqda.

Nashrga ko‘ra, 21 yoshli terrorchi Alkanardagi uyda ushlangan. U yerda 16-avgustdan 17-avgustga o‘tar kechasi portlash ro‘y berib, terrorchi jarohatlangan edi.

Shamlal yacheyka Barselonada yirik terakt uyushtirishga tayyorlanganini, ammo bomba tayyorlanayotganida ehtiyotsizlik tufayli portlab ketganini bildirdi.

Bundan tashqari, u Barselona va Kambrilsdagi teraktlar bir necha oy davomida tayyorlanganini tan oldi.

Prokuror Shamlalni garov evaziga ozod qilish huquqisiz hibsga olishni talab qilmoqda. Qolgan uch gumondor so‘roq qilib bo‘linganidan so‘ng sud qarori ma’lum qilinadi.

17-avgust kuni mikroavtobus Barselonaning Rambla ko‘chasida piyodalar ustiga bosib keldi. Keyinroq Diagonal shohko‘chasida noma’lum shaxs yuk mashinasida politsiyachilarga hujum uyushtirdi. Ikki politsiyachi jabrlandi.

Teraktlarning qurbonlari soni 15 kishini tashkil etdi, 100 dan ortiq odam jabrlandi. Terrorchilarning katta guruhi ushlandi yoki yo‘q qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-08-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют