» » Pokiston TIV AQShni Islomobodning terrorizmga qarshi kurashdagi talafotlarini e’tiborsiz qoldirishda aybladi

Pokiston TIV AQShni Islomobodning terrorizmga qarshi kurashdagi talafotlarini e’tiborsiz qoldirishda aybladi


Vashington Pokiston terrorizmga qarshi kurashda ko‘rayotgan talafotlarni e’tiborga olmayotganidan Islomobodning hafsalasi pir bo‘ldi, deb yozadi “TASS” Pokiston tashqi ishlar vazirligi press-reliziga tayanib.

“Dunyodagi hech qaysi mamlakat terrorizm tahdidini daf qilish uchun Pokistonchalik katta kuch sarflagani yo‘q. Dunyodagi hech qaysi mamlakat terrorizmdan Pokistonchalik jabr ko‘rgani yo‘q. AQSh dasturiy bayonotida Pokiston ushbu kurashda ko‘rayotgan katta talafotlar e’tiborsiz qoldirilganidan hafsalamiz pir bo‘ldi”, — deyiladi hujjatda.

“Terrorchilar uchun xavfsiz nuqtalar haqidagi soxta axborotga tayangandan ko‘ra, AQSh terrorizmni qirib tashlash uchun Pokiston bilan birga ishlashi kerak”, — deyiladi unda.

Nashr eslatishicha, 21-avgust, dushanba kuni Donald Tramp AQShning Afg‘oniston va Janubiy Osiyodagi keyingi harakatlari haqida gapirib bergan edi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston “o‘z hududida terrorchilarni yashirishda davom etsa, ko‘p narsa yo‘qotadi”.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют