» » Livan go‘zallik qirolichasi Isroilga borgani uchun o‘z maqomidan ajraldi

Livan go‘zallik qirolichasi Isroilga borgani uchun o‘z maqomidan ajraldi


“Livan go‘zali — 2017” tanlovi g‘olibi Amanda Xanna 2016-yilda Isroilga borgani uchun o‘z maqomidan mahrum etildi. Bu haqda The Independent gazetasi xabar berdi.

Bunday qaror qiz tanlovda g‘olib chiqqanidan keyin bir hafta o‘tib, tanlov tashkilotchilari tomonidan qabul qilingan. “Uning qo‘shni davlatga tashrifi davlatimiz qonunlarini buzadi”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Xanna ikkita fuqarolikka ega: Livan fuqaroligidan tashqari, u Shvetsiya pasportiga ham ega. Aynan shu hujjat bilan u o‘tgan yili ilmiy maqsadda Isroilga tashrif buyurgan.

Livan va Isroil o‘rtasida 2006-yilda bo‘lib o‘tgan qurolli nizodan so‘ng chegaralarda ommaviy to‘qnashuvlar yuzaga kelmagan bo‘lsa ham, ikki mamlakat texnik jihatdan urush yoqasida turibdi.

Livanda 1955-yildan buyon har qanday isroil mahsulotiga, shuningdek madaniy va gumanitar almashinuvlarga to‘liq taqiq joriy qilingan. Xususan, ikki mamlakat fuqarolariga qo‘shni davlatga borish taqiqlangan. Livan qonunlariga ko‘ra, hatto isroilliklar bilan muloqot qilish ham jinoyat hisoblanadi, buning uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют