» » Tez tayyor bo‘ladigan mayin sharlotka (olmali pirog)

Tez tayyor bo‘ladigan mayin sharlotka (olmali pirog)


Retsept juda oddiy, masalliqlar esa uyingizda bo‘lmasa, eng yaqiningizdagi do‘kondan topiladi.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki retsept ingliz oshpazlari tomonidan qirol Georg III ning rafiqasi Sharlotta uchun o‘ylab topilgan. U vaqtlarda pishiriq ko‘proq tiramisuni eslatgan: biskvit bo‘laklarini siropga botirib olib, olmali nachinka bilan ketma-ket qavatma-qavat qo‘yishgan. O‘tgan yuz yilliklar davomida retsept tubdan o‘zgarib ketdi, ammo bundan sharlotka o‘z mazasini yo‘qotmadi, balki yangi ta’mlarga ham ega bo‘ldi.

Dastlab tuxum oqini sarig‘idan ajrating. Chuqur idishda tuxum oqini ? stakan shakar bilan qattiq ko‘pik hosil bo‘lgunicha aralashtirib, ko‘pirtiring: bu pirogni mayin qiladi.

Tuxum sarig‘ini qolgan shakar bilan aralashtirib, tuxum oqiga qo‘shib yuboring.

Hosil bo‘lgan aralashmaga elangan unni kam-kamdan soling va yaxshilab aralashtiring. Un quyuqligi bo‘yicha smetanaga o‘xshashi kerak.

Soda va tuzni qo‘shing, aralashtiring.

Olmalarni yuvib, o‘rtasini olib tashlang va tilim-tilim qilib kesing. Sharlotka uchun qattiq navli olmadan foydalangan ma’qul, shunda pishish paytida meva bo‘laklari bo‘tqaga aylanib qolmaydi.

Formani biroz o‘simlik yog‘i bilan yog‘lang. Tubiga olmalarni qo‘ying. So‘ng ustidan xamirni quying, olma bo‘laklari to‘liq yopilsin.

180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 30—45 daqiqa davomida pishiring.

Pirogning ustki qismi och jigarrang tusga kirishi bilan uning pishgan-pishmaganligini gugurt cho‘pi yordamida tekshirib ko‘ring.

Sharlotkani dasturxonga tortishda, ustiga shakar upasi seping, mevalar yoki muzqaymoq bo‘lagi bilan bezating.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют