» » Dunyoda eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalar ro‘yxati (foto)

Dunyoda eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalar ro‘yxati (foto)


Insider Pro mutaxassislar tomonidan mijozlarga eng yaxshi xizmat ko‘rsatadigan deya e’tirof etilgan mehmonxonalar ro‘yxatini taqdim etdi.

Serengetiga sayohat qilishni istaganlar uchun ajoyib maskanlardan biri. Liza Lindblad ismli turagentning so‘zlariga ko‘ra, Singita xodimlari “juda yaxshi” tarbiya ko‘rgan. Muassasa daromadining bir qismi atrofdagi yerlar himoyasi uchun sarflanadi, bu esa o‘z navbatida xodimlarning oilalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu kabi mexanizm “mehmonxonada hayratlanarli darajada baxtli va ajoyib muhitni hosil qiladi”.

“Men sayyohlarni ushbu mehmonxonaga bir necha bor olib kelganman. Bu yerdagi xizmat ko‘rsatish va muammolarni hal qilish tezligi doim yuqori darajada bo‘lgan”, — deydi Protravel turistik firmasining agenti Natali Nagi.

Ushbu oilaviy mehmonxona mijozlar so‘rovini qondirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.

“Menga ushbu mehmonxonadagi musiqa bilan shug‘ullanuvchi oqsoch yoqadi. U nafaqat odatiy so‘rovlarga javob beradi, balki musiqaning turli janrlariga yaxshi tushunadi va mijozlarga keraklisini taklif ham qiladi”, — deydi Nagi.

Bu yerning xodimlari yaxshi tarbiya ko‘rgan, xotirjam, klassik uslubga rioya qiladi va mehmonlarga g‘amxo‘r. Ular Yevropadagi xususiy qasrlarning xizmatchilariga o‘xshaydi.

Amanemu mehmonxonasi Ise-Dzingu sintoistlar ibodatxonasi yaqinida joylashgan. “Amanemu mehmonxonasiga egalik qiluvchi Aman kompaniyasi “sharqning an’anaviy qadriyatlari asosida tarbiya ko‘rgan, mehmonlarga g‘amxo‘rlik qiladigan, mehribon, xushmuomala va professional xodimlarni tanlaydi. Natijalar kutilganidan ham a’lo”, — deydi Lindblad.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют