» » O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari qanday kashfiyot uchun Prezidenti tomonidan davlat mukofoti bilan taqdirlandi?

O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari qanday kashfiyot uchun Prezidenti tomonidan davlat mukofoti bilan taqdirlandi?


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida”gi farmoni bilan tibbiyot sohasining bir guruh yetakchi olimlari taqdirlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) axborot xizmatining xabar berishicha, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy bo‘lim rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Flora Inoyatova, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Dilorom Ahmedova, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi professori, ToshPTI kafedra mudiri va tibbiyot fanlari doktori Shavkat Amonov “Og‘ir eshitish zaifligi va karligi bo‘lgan bolalarning reabilitatsiyasi” amaliy tadqiqoti uchun birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Vazirlik axborot xizmati tadqiqot mualliflarining ushbu yo‘nalishdagi dolzarb mavzuni amalga oshirish jarayoni, O‘zbekistonda ushbu muammoning yechimi qanday hal qilinayotganligi va uning samaradorligi xususidagi fikrlarini e’lon qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, har 1000 nafar chaqaloqdan 1 nafari kar bo‘lib tug‘iladi va bola 1—2 yoshga to‘lganda bu ko‘rsatkich 2 baravarga ko‘payadi.

2014-yilgacha og‘ir eshitish zaifligi va karlik mavjud bo‘lgan bolalar koxlear implantatsiya uchun chet ellarga borishga majbur edi. Bu esa katta moliyaviy sarf-xarajatlarni talab qilar, ammo shunchalik ovoragarchilik ham ish bermas edi. Negaki, implantatsiya qilingan o‘g‘il-qizlarda operatsiyadan keyingi reabilitatsiya tadbirlari o‘tkazilmas, natijada jarrohlik amaliyoti samarasi sezilmasdi.

Hamkasblarimiz bilan olib borgan tadqiqotimiz ayni shu muammo yechimiga qaratilgan. 2014—2016-yillarda eng zamonaviy eshitish implantlari qo‘llanilishi asosida 300 nafar bolada koxlear implantatsiya operatsiyasi bajarilishi rejalashtirilib, davlatimiz tomonidan barcha sharoit yaratib berildi.

Dilorom Ahmedova, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Markaz olimlari tomonidan “Og‘ir eshitish zaifligi va karligi bo‘lgan bolalar reabilitatsiyasi (o‘zbek modeli)” ilmiy-amaliy dasturi doirasida 4000 dan ortiq o‘g‘il-qizlar tekshiruvlardan o‘tkazildi. 5 yoshgacha bo‘lgan 300 nafar kichkintoyga davlat byudjeti hisobidan, 54 nafariga implant ishlab chiqaruvchi kompaniyaning muruvvat yordami va 5 yoshdan katta bo‘lgan 29 nafar bolaga imtiyozli kredit hisobidan koxlear implantatsiya bajarildi.

“O‘zbekistonlik olimlarning og‘ir eshitish zaifligi va karligi bo‘lgan bolalarning reabilitatsiyasiga bag‘ishlangan tadqiqoti birinchi darajali Davlat mukofotiga munosib ko‘rilgani yurtimizda ushbu masala yechimiga katta e’tibor qaratilayotganini yana bir karra isbotlaydi”, — deb yozadi SSV axborot xizmati.

Qayd etishlaricha, implantatsiya qilingan bolalar salomatligi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalari 90 foiz ijobiy natijaga erishilganini ko‘rsatdi. Ya’ni, bemor bolalarning eshitish qobiliyati tiklanib, gapira boshlagan. 7 yoshga kirganlari esa umumta’lim maktablarida o‘z tengqurlari qatorida tahsil olmoqda.

Prezidentimizning bugungi ishonchi bizga katta mas’uliyat yuklamoqda. Uni oqlash, bolalar salomatligi yo‘lidagi izlanish va tadqiqotlarimizni jadal olib borish, fan-texnika yutuqlarini yanada rivojlantirish va eng muhimi xalqimizni tibbiyotdan rozi qilish yo‘lida bor ilm hamda kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz.

Dilorom Ahmedova, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Ma’lumot uchun, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshida 40 o‘ringa mo‘ljallangan maxsus “Tug‘ma va orttirilgan LOR a’zolari kasalliklari” yangi bo‘limi ishga tushirildi. U zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan hamda mahalliy yosh shifokorlar Rossiya, Avstriya, Fransiya, Rossiya, Polsha, Slovakiya, Italiya, Ukraina kabi davlatlarning yetakchi klinikalarida tahsil olib qaytishdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-08-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют