» » Bekobodda nogironga va uning oilasiga amaliy yordam ko‘rsatildi

Bekobodda nogironga va uning oilasiga amaliy yordam ko‘rsatildi


Toshkent viloyatining Bekobod tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida ko‘plab fuqarolar qatorida imkoniyati cheklangani bois ishsiz qolgan va jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelgan nogiron hamda uning oilasiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhida ma’lum qilindi.

“Siz suratda ko‘rib turgan bu odam – nogiron: bolaligida velosiped uchayotganda avtohalokatga uchragan. Bir oyog‘i ishlamaganligi tufayli og‘ir ish qila olmaydi. O‘zi ham, turmush o‘rtog‘i ham ishsiz. Faqat xayr-saxovat va moddiy yordam evaziga kun kechiradi. Shu bois oilaning iqtisodiy-ijtimoiy sharoiti juda og‘ir ahvolga kelib qolgan. Yordam bera oladigan yaqin qavm-qarindoshi ham yo‘q”, — deyiladi xabarnomada.

Bekobod tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda davlat rahbarining topshirig‘iga asosan mutasaddilarning mahallama-mahalla, uyma-uy yurib o‘rganishlar natijasida uning oilasiga Prezident nomidan 3 million so‘m miqdorda moddiy yordam ko‘rsatiladigan, oila boshi turmush o‘rtog‘i bilan o‘z imkoniyatlariga mos doimiy ish bilan ta’minlanadigan, farzandlari davlat hisobidan bog‘chaga joylashtiriladigan, mutasaddilar esa ularning uy-joyini to‘liq ta’mirdan chiqarib, bir oila hayotdan rozi bo‘lib yashaydigan sharoitni yaratib beradigan bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют