» » Soxta hisobotlar berishga yo‘l qo‘ygan senatorlarga nisbatan choralar belgilandi

Soxta hisobotlar berishga yo‘l qo‘ygan senatorlarga nisbatan choralar belgilandi


Oliy Majlis Senatining 11-yalpi majlisi ikkinchi ish kunida senatorlar O‘zbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlash, Senat a’zolarining odobi qoidalariga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish, Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisini saylash to‘g‘risidagi hamda Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Uzbekistan 24” xabar bermoqda.

Senat a’zolarining odobi qoidalariga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12-iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda qabul qilindi.

Unga ko‘ra, endilikda joylarga chiqib, aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlar jarayonida rasmiyatchilik va ko‘zbo‘yamachilik, soxta hisobotlar berish, o‘rganilayotgan masalaning tub ildiziga yetib bormaslik kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan senatorlarga nisbatan tegishli ta’sir choralari belgilandi. Senatorlarning internetdagi rasmiy sahifalarida fuqarolar bilan muloqot qilish jarayonidagi odob-axloq qoidalari yanada aniqlashtirildi.

Senatorlar tasdig‘i bilan A.A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. M.Jumagaldiyev Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisligiga saylandi.

 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют